locale OZ

Taremi \"Inter\"ni tark etishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taremi "Inter"ni tark etishga tayyor
Photo: Getty Images

"Inter" yozda hujumchi Mehdi Taremi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda TUTTOmercatoWEB xabar berdi.

Taremi o‘tgan iyul oyida 3 yillik shartnoma asosida "Milan"ga ko‘chib o‘tgandi. U 43 ta o‘yinda 3 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan, ammo bu ko‘rsatkichlar "neradzurrilar" rahbariyatini hayratda qoldirmagan.

Turkiyaning "Besiktosh" klubi allaqachon transfer bo‘yicha taklif bilan chiqqan, Turkiyaning boshqa bir klubi "Fenerbahche" ham Mehdini faol kuzatib bormoqda. Bundan tashqari, Taremi Premer-liga vakillari: "Nottingem Forest" va "Fulhem"ning "radarida".

"Inter" 2024/25 yilgi mavsumni sovrinsiz yakunlab, A Seriyada 2-o‘rinni egalladi, shuningdek, Chempionlar Ligasi finalida "PSJ"dan yirik mag‘lubiyatga uchradi (0:5).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting