Tardelli: «Ronaldu hozirgi holatida zaxirada o'tirishi kerak»
Italiyalik sobiq futbolchi Krishtianuni tanqid qildi.
ФОТО: Getty images
Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Marko Tardelli Krishtianu Ronalduning 2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Hech kimni xafa qilmoqchi emasman, ammo Ronaldu hozirgi holatida zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishi mumkin. U endi maydonda hal qiluvchi farqni yarata olmayapti. Ko‘rinib turibdiki, Portugaliya terma jamoasidagi sheriklari ham hozir unga avvalgidek ishonmayapti», — dedi Tardelli. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.
Portugaliya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichini 5 ochko bilan K guruhida ikkinchi o‘rinda yakunladi. Guruhda birinchi o‘rinni Kolumbiya egalladi.
Portugaliya 1/16 finalda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist