locale OZ

Tantashev Malayziyada o'tadigan Elit OChL bahsini, Lutfullin Iordaniyadagi OChL-2 o'yinini boshqaradi

Bu bahslar 17 fevral sanasiga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tantashev Malayziyada o'tadigan Elit OChL bahsini, Lutfullin Iordaniyadagi OChL-2 o'yinini boshqaradi
Фото: UzFHM

O‘zbekistonlik hakamlar jamoasi Elit Chempionlar Ligasi va Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqalari doirasidagi navbatdagi bellashuvlarda faoliyat olib borishadi, deb xabar beradi OʼzFHM.

Elit OChL 8-turi doirasida 17 fevral kuni Malayziyaning Johor shahrida bo‘lib o‘tadigan "Johor Darul Ta'zim" (Malayziya) — "Vissel Kobe" (Yaponiya) jamoalari o‘rtasidagi bahsni o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin.
To‘rtinchi hakam: Asker Najafaliev
VAR hakami: Ahrol Risqullayev
AVAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

OChL-2 1/8 finali doirasida 17 fevral kuni Iordaniyaning Amman shahrida bo‘lib o‘tadigan "Al Husayn" (Iordaniya) — "Istiqlol" (Eron) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ham o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.

Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR hakami: Akobirxo‘ja Shukurullaev

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting