locale OZ

Tanishing: Andijonning raqibi - Qatarning “Al-Ahli” klubi haqida

1 oktabr sanasida “Andijon” klubi Qatarning “Al-Ahli” klubini qabul qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tanishing: Andijonning raqibi - Qatarning “Al-Ahli” klubi haqida
Photo: Andijon FK

Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining “B” guruhi 2-tur doirasida Andijondagi “Bobur arena” stadionida katta futbol bayrami bo'lib o'tadi.

1 oktabr sanasida “Andijon” klubi Qatarning “Al-Ahli” klubini qabul qiladi.
Ilk turda “Al-Ahli” Bahraynning “Al-Xaldiya” jamoasiga qarshi bellashdi va uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

“Al-Ahli” klubi 1950 yilda tashkil etilgan. Bu jamoa 5 marotaba Qatarda Kuboklarni boshi uzra ko'targan.

Jamoani xorvatiyalik 47 yoshli mutaxassis Igor Bishchan boshqarib bormoqda. U ilgari Xorvatiya U21 terma jamoasi, Zagrebning “Dinamo” klubiga ham ustozlik qilgan.

“Al-Ahli” safida yulduz legionerlar bor. Jumladan 2014 yilgi mundialda Germaniya terma jamoasi tarkibida o'ynab, jahon chempioniga aylangan Yulian Draksler 2023 yilning sentabr oyidan buyon ”Al-Ahli” safida to'p surib kelmoqda. Shuningdek, ushbu jamoada Ibrohim Diallo, Michel Vlap, Erik Espozito singari Yevropa chempionatlarida to'p surgan tajribali legionerlari ham bor.

“Al-Ahli” uy o'yinlarini “Hamad Bin Xalifa” stadionida o'tkazadi va o'z bag'riga 20 ming tomoshabinni sig'diradi.

Qatar Yulduzlar ligasida 12 ta ishtirokchi bo'lib, “Al-Ahli” ayni paytda 6 ta turdan so'ng 2 g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etib, to'plar nisbati 7:13 ni tashkil qilgan holda 6 ochko bilan 9-pog'onani band etib turibdi.

Yana bir gap: “Al-Ahli” klubida andijonlik futbolchi to'p surganini bilasizmi? 2011\2012 yilgi mavsumlarda Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblangan Shavkat Mullajonov aynan Qatarning “Al-Ahli” klubi sharafini himoya qilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting