locale OZ

Talgat Baysufinov Qozogʻiston milliy jamoasining toʻlaqonli bosh murabbiyiga aylanadi

Mutaxassis jamoani 2025 yilning sentyabridan buyon boshqarib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Talgat Baysufinov Qozogʻiston milliy jamoasining toʻlaqonli bosh murabbiyiga aylanadi
FOTO: Getty Images

Sports24.kz xabariga ko‘ra, Talgat Baysufinov Qozog‘iston milliy terma jamoasining to‘laqonli bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

2025 yil sentyabrdan buyon Baysufinov jamoani vaqtincha boshqarib kelayotgan edi. Tomonlar yaqin kunlarda shartnoma imzolashadi.

57 yoshli murabbiy rahbarligida Qozog‘iston milliy jamoasi 4 ta o‘yin o‘tkazdi, shulardan 3 tasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichiga to‘g‘ri keladi. Jamoa J guruhida 4-o‘rinni egallab, mundialning final bosqichiga chiqolmadi.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil iyulidan 2025 yil yanvarigacha Qozog‘iston milliy jamoasini Stanislav Cherchesov boshqargan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting