«Talabalar ligasi»ning Toshkent shahar bosqichining 2-tur bahslari yakunlandi
Toshkent shahridagi 32 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashmoqda.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan, Prezidentning “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Talabalar ligasi” musobaqasi tashkil etilgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o'tayotgan Toshkent shahar bosqichining 2-turi yakunlandi.
Mazkur bosqichda Toshkent shahridagi 32 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashmoqda.
Ma’lumot uchun, “Talabalar ligasi” musobaqasining Respublika bosqichi joriy yilning may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist