locale OZ

“Talabalar ligasi” musobaqasining Respublika bosqichi yakunlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Talabalar ligasi” musobaqasining Respublika bosqichi yakunlandi
FOTO: UzbekistanFA

Andijon shahrida oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan futzal bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining Respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu turnir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Ushbu bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 16 jamoa 4 ta guruhga bo'lingan holda bahslarda ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan qizg‘in bahslar natijasiga ko‘ra, Andijon davlat universiteti jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qarshi davlat universiteti vakillari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting