locale OZ

Tajribali Branko Chirich Andijonning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyi

"Astana" bilan mamlakat chempionligiga va Kubokka erishgan. Qolaversa, u Yevropa hamda Konferensiyalar ligasida ham ishtirok etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tajribali Branko Chirich Andijonning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyi
photo: Andijon fk

"Andijon" klubi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qoʻshildi. Endilikda serbiyalik tajribali mutaxassis Branko Chirich jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy sifatida ish boshladi.

"U 1983-yilning 21-may sanasida tavallud topgan. Chirichning oxirgi klubi Qozogʻistonning "Astana" klubi hisoblanadi. Shuningdek, Vojdovas (Serbiya), Aktau (Qozogʻsiton), Radnichki (Serbiya), Chukarikchi (Serbiya) kabi klublarda ham jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy sifatida ishlagan.

"Astana" bilan mamlakat chempionligiga va Kubokka erishgan. Qolaversa, u Yevropa hamda Konferensiyalar ligasida ham ishtirok etgan.

Chirich tajribali mutaxassis boʻlib, endilikda futbolchilarimizning jismoniy holatini yanada yaxshilab boradi.

Brankoni jamoamizda xush koʻrdik!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting