Tabatadze – \"Buxoro\" futbolchisi
Photo: Bukhoro PFK
"Buxoro" hujumchi transferini e'lon qildi.
Toma Tabatadze "Buxoro" klubi a'zosiga aylandi. 33 yoshli futbolchi bugun "Buxoro" bilan shartnoma imzoladi.
Tabatadze birinchi davrani “Neftchi”da o'tkazib, Superligada 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi. O'zbekiston Kubogida esa 4 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 200 ming yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist