locale OZ

Svensson «Manchester Yunayted» qiziqish doirasida

Uning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyining oxiriga qadar tuzilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Svensson «Manchester Yunayted» qiziqish doirasida
Фото: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubida Bundesligada harakat qilayotgan qanot himoyachisi Daniel Svensson faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, shvetsiyalik lateralning nomi «Manchester Yunayted»ning transfer short-listiga kiritilgan. «Qizil iblislar» chap qanot himoyasi pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Daniel Svenssonning bozor qiymati 22 million yevroga baholanmoqda. Uning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyining oxiriga qadar tuzilgan.

Shvetsiyalik futbolchi joriy mavsumda Germaniya chempionatida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta sariq kartochka olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting