locale OZ

Surxondaryoda «Hokim olimpiadasi» musobaqalari davom etmoqda

Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Surxondaryoda «Hokim olimpiadasi» musobaqalari davom etmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Termiz shahrida sport kurashlari hamda gandbol bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan saralangan yosh sportchilar ishtirok etib, sport kurashlari hamda gandbol yo‘nalishlarida o‘zaro bellashishdi. Musobaqalar davomida ishtirokchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligi, tezkorligi hamda jamoaviy harakatlari alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Sport kurashlari bahslarida yosh polvonlar turli vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan bo‘lsa, gandbol musobaqalarida jamoalar murosasiz va qiziqarli uchrashuvlar orqali o‘z mahoratini namoyish etdi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘olib sportchilar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting