Surxon U15 ishtirokidagi uchrashuv va O‘FA texnik direktori Gi Kialaning tashrifi
PHOTO: Telegram
Bugun "Surxon Arena" zahira stadionida Surxon yoshlar jamoasi va UFA Akademiyasining Surxondaryo filiali o‘rtasida nazorat o‘yini bo‘lib o‘tdi. Jamoamiz tarkibi klubimiz akademiyasi tarbiyalanuvchilari, xususan Orif Onorov shogirdlaridan iborat edi

Ushbu o'yin nafaqat mintaqa, balki butun O‘zbekiston futbol mutaxassislarining e’tiborini tortdi. O‘yinni O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi texnik direktori Gi Kiala va O‘zbekiston U-14 terma jamoasi bosh murabbiyi, germaniyalik mutaxassisi Lars Xoop tomosha qildi

Bundan tashqari, Gi Kiala stadionimiz haqida iliq taassurot bildirdi va bu yerda nafaqat asosiy jamoa, balki yoshlar jamoalari uchun ham yaratilgan sharoitlarni yuqori deb baholadi
Ibrohim Jalolov
Redaktor