«Surxon» rahbariyatida o’zgarish amalga oshirildi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
ФОТО: Getty images
“Surxon” professional futbol klubi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Akmal Husanbayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda “Surxon” professional futbol klubi direktori vazifasini Nurali Nurullayev bajaruvchi etib tayinlandi.
“Surxon” professional futbol klubi Akmal Husanbayevga klub rivoji yo‘lida olib borgan samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildiradi hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi", — deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist