locale OZ

\"Surxon\" jarohatlangan futbolchisi haqida ma'lumot berdi

U "Neftchi" bilan o‘yinda jarohat olgandi.
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
"Surxon" jarohatlangan futbolchisi haqida ma'lumot berdi
Photo: Surkhan PFK

"Surxon" hujumchisi Muhammad-Ali Abdurahmonov Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Neftchi" bilan bahsda jarohat oldi.

Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, jarohat unchalik jiddiy emas.

"85-daqiqada jamoamiz a'zosi Muhammad-Ali Abdurahmonov chap boldir oldi o‘rta uchlik yuzasi yirtiq jarohati, tubida suyak ko‘rinishi tashxisi bilan tez tibbiy yordam mashinasida birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketildi.

Shifokorlarning xulosasiga ko‘ra, hujumchimiz jiddiy jarohat olmagan. Biroq uning tezda maydonga qaytishi yanada jiddiyroq jarohatga olib kelishi mumkin. Shu sababli Abdurahmonov tiklanish jarayonidan o‘tishi lozim. "Surxon" tibbiy departamenti rahbari Baxtiyor Mirsagatovning baholashicha, Abdurahmonov 2 haftada safga qaytadi", – deyiladi xabarda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting