locale OZ

«Surxon» — «Dinamo» o‘yini Samarqand shahrida o‘tkaziladi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Surxon» — «Dinamo» o‘yini Samarqand shahrida o‘tkaziladi
Фото: UzPFL

Termizdagi «Surxon» arena stadioni maysasi ayanchli holatga kelib qolganligi tufayli, Liga mazkur stadionni Superliga uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlar ro‘yxatidan chiqardi.

O‘z navbatida, «Surxon» Superliga reglamentiga zid ravishda rasmiy uchrashuv startiga 20 kun vaqt qolguniga qadar ham Superliga 13-turidan o‘rin olgan «Dinamo»ga qarshi uchrashuv o‘tishi rejalashtirilgan stadion masalasida Ligaga rasmiy taklif kiritmadi. Shundan kelib chiqib, mazkur bellashuv Surxon klubining nominal mezbonligi ostida Samarqanddagi «Dinamo» stadionida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Superliga joriy mavsumida xuddi shunday sabab oqibatida 3-tur doirasidagi «Mash’al — Qizilqum», 4-tur doirasidagi «So‘g‘diyona» — «Paxtakor» hamda 7-tur doirasidagi Nasaf — Buxoro uchrashuvlari raqib maydoniga ko‘chirilgandi. «Surxon» — «Dinamo» bellashuvi bu borada hisob bo‘yicha to‘rtinchisi hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting