locale OZ

\"Surxon\" darvozaboni \"Xorazm\"ga o'tdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Surxon" darvozaboni "Xorazm"ga o'tdi
Photo: Surkhan PFK

"Surxon" darvozaboni Artyom Potapov faoliyatini Superliganing boshqa bir klubida davom ettiradi.

Termizliklar matbuot xizmati xabariga ko'ra, 31 yoshli rossiyalik posbon ijara asosida "Xorazm"ga o'tdi.

Potapov joriy mavsumda jami 10 ta o‘yinda 9 ta gol o‘tkazib yubordi va 3 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o'tamiz, “Surxon” jamoasi birinchi davra yakuniga yetganidan so‘ng bir nechta futbolchilari bilan xayrlashdi. Xususan, jamoani Jahongir Abdusalomov, Dmitriy Pletnyov, Sunnatulloh Hamidjonov, Abdug'afur Haydarov va Kirill Kolesnichenko tark etdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting