locale OZ

\"Surxon\" bilan \"Surxon\" o'rtoqlik o'yini o'tkazdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Surxon" bilan "Surxon" o'rtoqlik o'yini o'tkazdi
PHOTO: Telegram

Ayni kunlarda butun dunyo bo'ylab FIFA kunlari davom etmoqda. Superliga jamoalari jismoniy holatlarini ushlab turish maqsadida o'zaro o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etmoqda. Ba'zi jamoalar esa qo'shni davlatlarda bir necha kunlik mashg'ulotlarni olib bormoqda. “Surxon” jamoasi ham FIFA kunlaridagi bo'sh vaqtdan unumli foydalangan holatda bu safar o'zaro ikkiga bo'lingan holatda nazorat bahsini tashkil qildi.

"Bugun jamoamiz ikki tomonlama o‘yin o‘tkazdi, unda futbolchilar ikki jamoaga bo‘lindi. Ushbu o‘yin maqsadi futbolchilarning taktik savodxonligini oshirish hamda jamoaviy harakatlarda o‘zaro tushunishni mustahkamlashdan iborat edi",-deb yoziladi Termiz shahrining bosh jamoasi rasmiy sahifalarida

Eng so'nggi xabar va yangiliklarni Sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting