Superligaga nomzod hakamlar Farg‘ona viloyatida o‘quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi
Superligaga nomzod bo‘lgan, Proligada faoliyat olib boruvchi bosh hakamlar va yordamchi hakamlarning navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Farg‘ona viloyatida davom etmoqda. Hakamlar belgilangan manzilga yetib kelib, nazariy mashg‘ulotlarga kirishdi.
Yig‘in davomida hakamlar uchun zamonaviy hakamlik talablari, o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar, bahsli vaziyatlarni tahlil qilish hamda amaliy faoliyatga oid muhim masalalar atroflicha muhokama qilinmoqda.
Mazkur yig‘in doirasida hakamlar 28-yanvardan start oladigan “Hokim kubogi” musobaqasi uchrashuvlarida faoliyat olib borib, amaliy tajribalarini yanada oshiradi. Ushbu o‘yinlar hakamlarning jismoniy, nazariy va psixologik tayyorgarligini sinovdan o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.