Superligada faoliyat olib boruvchi bosh hakam va yordamchi hakamlar ishtirokida VAR simulyatoriga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Superligada faoliyat olib boruvchi bosh hakam va yordamchi hakamlar ishtirokida VAR simulyatoriga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlar davomida VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazilib, o‘yin jarayonida uchraydigan murakkab vaziyatlar videolavhalar orqali tahlil qilindi. Qaror qabul qilish jarayonidagi muhim jihatlar, hakamlar va VAR operatorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, shuningdek, protokol talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar hakamlarning VAR tizimi bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, bahsli vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish darajasini oshirishga qaratildi. Ushbu o‘quv jarayoni yangi mavsumda o‘yinlarning adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishiga xizmat qiladi.