locale OZ

Superliga yulduzlari: eng qimmat futbolchilar nomi ma'lum qilindi

Akmal Mozgovoy va Abduvohid Nematov transfer bahosi bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston Superligasida to‘p surayotgan futbolchilarning bozor bahosi yangilanib, “Nasaf” yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy 1,5 million yevroga baholandi. Bu ko‘rsatkich uni “Lokomotiv” darvozaboni Abduvohid Nematov bilan tenglashtirdi — ular hozirda Superliganing eng qimmat futbolchilari hisoblanadi.

Mozgovoy shu bilan nafaqat Superligada, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng qimmat maydon o‘yinchisiga aylandi. Uning transfer bahosi 200 ming yevroga oshdi. Nematov esa tojikistonlik Rustam Yatimov bilan birga mintaqaning eng yuqori baholangan darvozabonlari qatorida qolmoqda.

“Navbahor”ning braziliyalik himoyachisi Gedeshning bahosi ham 0 yevro holatidan 400 ming yevrogacha ko‘tarildi. Ilgari uning bahosi 1 million yevro bo‘lgan, keyinchalik past ligadagi o‘yinlari tufayli vaqtincha “obnulangan” edi.

Shuningdek, Jiyanov va Norchaev kabi yosh futbolchilarning narxida ijobiy o‘sish kuzatilmoqda. Bu ularning milliy chempionatda ham rivojlanishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Biroq, ba’zi futbolchilarning bahosi pasaygan. “Paxtakor” safidagi braziliyalik legionerlar va Diyor Xolmatov shular jumlasidandir. 22 yoshli Xolmatovdan katta sakrash kutilgandi, biroq oxirgi yangilanishlarda uning transfer bahosi tushib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasi tarixidagi eng katta transfer — Odil Ahmedovning 2011 yilda “Paxtakor”dan “Anji”ga 7 million yevroga o‘tishi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich hanuzgacha rekord sifatida qolmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting