Superliga. Surxon - Buxoro o'yini haqida
O’zaro bellashuvlarda buxoroliklar 55 ochkoni qo’lga kiritgan. Termizliklar esa bu ko’rsatkich 34 ochkoni tashkil etadi.
photo: Buxoro fk
Buxoro jamoasi O’zbekiston Superligasining 5-turini safarda “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushadi. Milliy chempionatlar tarixida mazkur jamoalar shu kunga qadar jami 32 bor to'qnash kelishgan.
O'zaro o’yinlarning 16 tasida Buxoro g'alaba qozongan. 9 bahsda esa “tulporlar”ning qo’li baland kelgan. 7 uchrashuvda tomonlar murosa ko’chasini tanlashgan. To'plar nisbati 51-29 jamoamiz foydasiga.
O’zaro bellashuvlarda buxoroliklar 55 ochkoni qo’lga kiritgan. Termizliklar esa bu ko’rsatkich 34 ochkoni tashkil etadi.
Eslatib o’tamiz “Surxon” - “Buxoro” bellashuvi 4-aprel 19:15 da “Surxon” arenada bo’lib o’tadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor