Superliga. \"Sho‘rtan\" iroda bilan \"Surxon\" ustidan zafar quchdi
Photo: Shurtan PFk
Superliga 13-turida "Sho‘rtan" G‘uzorda "Surxon"ni qabul qildi.
Eldor Moyliyev boshqarayotgan jamoa iroda namoyon etib, raqibini mag‘lub etdi – 2:1.
Dastlab Humoyun Sherbo‘taev termizliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffus oldidan G‘anisher Qodirov muvozanatni tikladi.
“Sho‘rtan”ning g‘alaba goli Abror Toshqo‘ziev hisobiga yozildi. Mehmonlar uchrashuvni bir kishi kam holatda yakunladi.
Shu tariqa, g‘uzorliklar ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 15-o‘rindagi “Buxoro”ga yetib oldi.
Superliga. 13-tur
“Sho‘rtan” 2:1 “Surxon”
Gollar: Humoyun Sherbo‘taev, 7 (0:1), G‘anisher Qodirov, 45+4 (1:1), Abror Toshqo‘ziev, 65 (2:1)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist