locale OZ

Superliga. «Qo’qon-1912»da yil sarhisobi

Bahrom Haydarov Superliga turlarida jami 29 nafar futbolchidan foydalandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Qo’qon-1912»da yil sarhisobi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

"Qo'qon-1912" jamoasi joriy mavsum Superligada 34 ochko to'pladi va turnir jadvalining 12-pog'onasida yakunladi.

O'tish o'yinida jamoamiz "Xorazm"ga qarshi bahs olib bordi va penaltilar seriyasida raqiblarini mag'lub etib, Superligadagi o'rnini saqlab qoldi. Yakungan mavsumda Bahrom Haydarov Superliga turlarida jami 29 nafar futbolchidan foydalandi.

Maydonda eng ko'p Azizxon Isaqov harakat qildi. Darvozabonimiz joriy mavsum 29 ta uchrashuvni to'liq o'tkazdi va jami 2610 daqiqa harakat qildi. Darvozabonimizdan keyin eng ko'p maydonda Shahzod Akramov (2166 daqiqa) va Muhammadanas Hasanov (2152 daqiqa) harakat qilishgan.

Jamoamiz safida eng ko'p golni bir yo'lla to'rt nafar futbolchi kiritgan. Muhammadanas Hasanov, Javohir Husanov, Kleydi Datsi va Jasur Xolto'rayev Superligada 3 tadan gol urib, jamoamiz to'purarlari bo'lishdi.

Futbolchilarimiz orasida eng ko'p golli uzatmalarni Muhammadanas Hasanov amalga oshirgan. Yarim himoyachi jami 4 marta sheriklariga assistlik qilgan. Undan keyingi o'rinlardan Javohir Husanov va Abdug'ofur Haydarov joy olishdi. Har ikki futbolchining hisobida 2 tadan assist bor.

Joriy mavsum jamoamiz safida eng ko'p sariq kartochkani Shahzod Akramov olgan. U jami 5 marta hakamlar tomonidan ogohlantirilgan. Jasur Yoqubovning hisobidagi sariqlar soni esa 4 tani tashkil qilib, u Akramovdan so'ng eng ko'p sariq olgan futbolchi hisoblanadi.

Yana uch nafar futbolchimiz o'tgan Superliga bahslarida qizil kartochka olishgan. Ular - Iqbol Malikjonov, Husniddin G'ofurov va Muhammadanas Hasanov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting