locale OZ

Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Surxon»ni mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Surxon»ni mag‘lub etdi
Photo: Qo‘qon-1912 PFK

O‘zbekiston chempionatida 19-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

“Qo‘qon-1912” klubi Qo‘qonda “Surxon”ni qabul qildi. O‘yin 2:0 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi.

Dastlab 7-daqiqada Kleyd Datsi penaltidan hisobni ochdi. 90+3-daqiqada Javohir Husonov ikkinchi gol muallifiga aylandi. Bu esa qo‘qonlik futbolchilarga ketma-ket ikkinchi g‘alabani olib keldi.

Natijada Bahrom Haydarov shogirdlari ochkolari sonini 18 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. “Surxon” esa 23 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.

Superliga. 19-tur

“Qo‘qon-1912” 2:0 “Surxon”

Gollar: Kleyd Datsi 7-pen, Javohir Husonov 90+3

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting