locale OZ

Superliga. «Qizilqum» va «Bunyodkor» o‘yinida kuchlar teng keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Qizilqum» va «Bunyodkor» o‘yinida kuchlar teng keldi
Фото: Қизилқум ПФК

Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi. O‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.

Dastlab 14-daqiqada Imeda Ashortia mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 58-daqiqada "qaldirg‘ochlar" safida Muzaffar Olimjonov raqibining yuziga oyog‘i bilan zarba berib yuborganligi uchun maydondan chetlatildi. 76-daqiqada navoiyliklar yetakchisi Islom Kenjaboyev hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Bu natijadan so‘ng "Bunyodkor" 35 ochko bilan 5-o‘rinda. "Qizilqum" esa 26 ochko bilan 8-pog‘onaga joylashdi.

"Qizilqum" – "Bunyodkor" 1:1

Gollar: 0:1 – 14, Imeda Ashortia (Temurxo‘ja Abduxoliqov), 1:1 – 76, Islom Kenjaboyev (Fayzullo Jumanquziev)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting