locale OZ

Superliga. «Qizilqum» - «Surxon» bahsida g‘olib aniqlanmadi

Turning so‘nggi ikki uchrashuvi 11-oktabr kuni o‘tkaziladi.
Superliga. «Qizilqum» - «Surxon» bahsida g‘olib aniqlanmadi
Фото: Сурхон ПФК

O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida "Qizilqum" o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida har ikki jamoa raqib darvozasi oldida vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, hisobni ochishning uddasidan chiqa olmadi. Yakunda bahs 0:0 hisobidagi durang bilan tugadi.

Shu tariqa, "Qizilqum" 23 ta o‘yindan keyin ochkolari sonini 30 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘rinda qoldi. "Surxon" esa 27 ochko bilan 12-pog‘onada joylashdi.

Turning so‘nggi ikki uchrashuvi 11-oktabr kuni o‘tkaziladi. OKMK "Navbahor"ni, "So‘g‘diyona" esa "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Har ikki bahs soat 16:00 da boshlanadi.

Superliga, 23-tur

“Qizilqum” – “Surxon” 0:0

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting