locale OZ

Superliga, Pro liga hamda Birinchi ligada faoliyat olib boruvchi hakamlar nazoratchilari o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda

Ushbu jarayon hakamlar nazoratchilarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda musobaqalarning adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga, Pro liga hamda Birinchi ligada faoliyat olib boruvchi hakamlar nazoratchilari o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda
photo: UzFHM

Milliy futbol markazida Superliga, Pro liga hamda Birinchi ligada faoliyat olib boruvchi hakamlar nazoratchilari yangi mavsum oldidan tashkil etilgan o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari davomida hakamlik faoliyatini baholash mezonlari, o‘yin jarayonidagi muhim holatlarni tahlil qilish, reglament talablari, shuningdek, yangi mavsumda hakamlik tizimiga oid joriy etiladigan yangiliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Ushbu jarayon hakamlar nazoratchilarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda musobaqalarning adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting