locale OZ

Superliga. Prevyu. “Surxon” – “Mash’al”

“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 2:0 ga teng. “Surxon”da  bu ko‘rsatkich 4:2.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. Prevyu. “Surxon” – “Mash’al”
PHOTO: Mash'al FK

Superliganing 22-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv rasmiylari

Termizda bo‘lib o‘tadigan “Surxon” - " Mash’al " uchrashuvini Nikita Mustafin boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Samandarov va Amal Sultonovlar yordam berishadi. Zahira hakami Sevdiyor Xamraqulov. Hakamlar Baxtiyor Tagaev nazorat qiladi. Uchrashuv komissari. Sherzod Rajabov

O‘zaro o‘yinlar

“Mash’al” va “Surxon” shu kungacha chempionat bahslarida 15 marta to‘qnash kelgan. Ularning 6tasida " Mash’al ", 4tasida " Surxon " yutuqqa erishgan. 5 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 18 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, termizliklar esa 17 gol urishgan. O‘zaro o‘ynlarda “Mash’al” 23, “Surxon” esa 17 ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishgan.

“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 2:0 ga teng. “Surxon”da bu ko‘rsatkich 4:2 bo‘lib turibdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting