locale OZ

Superliga pley-offi. «Qo‘qon-1912» penaltilar seriyasida «Xorazm»ni mag‘lub etib, ligada jon saqlab qoldi

Futbol lotereyasida esa "Qo‘qon-1912" 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, ligada qolish vazifasini uddaladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga pley-offi. "Qo‘qon-1912" penaltilar seriyasida "Xorazm"ni mag‘lub etib, ligada jon saqlab qoldi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

Superligada qolish uchun "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘z maydonida "Xorazm"ni qabul qildi.

O‘yin 11-daqiqasida "Xorazm" futbolchisi Azizibek Ahraorov gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 71-daqiqasida Abror Karimov gol urib, muvozanatni tikladi 1:1. Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmadi va uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlar bilan davom ettirildi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Futbol lotereyasida esa "Qo‘qon-1912" 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, ligada qolish vazifasini uddaladi.

Superliga. Pley-off

Qo‘qon-1912 - Xorazm - 1:1. Penaltilar seriyasida - 5:4

Gollar: Azizjon Ahraorov 10, - 0:1. Abror Karimov 71, - 1:1 (Muhammadanos Hasanov).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting