locale OZ

Superliga pley-off. «Xorazm» «Buxoro» bilan oʻyinda kambek amalga oshirib, Superligada qoldi

Urganchliklar kambek amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga pley-off. «Xorazm» «Buxoro» bilan oʻyinda kambek amalga oshirib, Superligada qoldi
Фото: Хоразм ПФК

Superliganing pley-off bosqichi doirasida "Buxoro" oʻz uyida "Xorazm" jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Dastlab, 36-daqiqada mezbonlar futbolchisi Bilol Tupliev hisobni ochdi. Ammo mehmonlar futbolchisi Abror Xusainov 73-daqiqada oʻyinda muvozanatni tikladi. 82-daqiqada esa Temur Ismoilov jamoasining gʻalaba golini kiritdi.

Shu tariqa, "Xorazm" Superliganing kelasi mavsumida ishtirok etsa, "Buxoro" esa Pro ligada ikkinchi oʻrinni olgan "Orol" bilan oʻtish bahsida ishtirok etadi.

Superliga. Pley-off oʻyini.
Buxoro – Xorazm 1:2
Gollar: Bilol Tupliev, 36 (1:0), Abror Xusainov, 73 (1:1), Temur Ismoilov, 82 (1:2)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting