locale OZ

Superliga. «Paxtakor» «Surxon» bilan bahsda 90+1-daqiqada gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

"Sherlar" peshqadamga aylana olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Paxtakor» «Surxon» bilan bahsda 90+1-daqiqada gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi
Фото: Сурхон ПФК

Superliga 11-turida “Surxon” Termizda “Paxtakor”ni qabul qildi. O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi.

Bahsda hisob 42-daqiqada Sunnatilla Abdullajonov tomonidan ochildi.

90+1-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Shahzod Azmiddinov burchak zarbasidan keyin hisobni tenglashtirdi.

Bu o'yindan so'ng “Surxon” ochkolarini 12 taga yetkazib, 12-o'ringa ko'tarildi. “Paxtakor” esa peshqadamlilik imkoniyatidan foydalana olmadi va 26 ochko bilan 2-pog'onada qoldi.

Superliga. 11-tur
Surxon — Paxtakor 1:1
Gollar: Abdullajonov 42 — Azmiddinov 90+1

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting