locale OZ

Superliga. «Paxtakor» safarda «Andijon»ni yirik hisobda mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Paxtakor» safarda «Andijon»ni yirik hisobda mag'lub etdi
Фото: Андижон ПФК

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Andijon" – "Paxtakor" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Bahsda "sherlar" 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Toshkentliklar safida Bashar Resan dubl qayd etdi (4, 31), Dostonbek Hamdamov (89), Brayan Riaskos (90+2) va Hojimat Erkinov (90+5) bir martadan to‘p kiritgan bo‘lsa, Erjan Tokotaev (42) o‘z darvozasiga avtogol urdi.

"Andijon" safida Ismoil Akinade (70) va Abdurahmon Abdullayev (84) javob gollarini kiritishdi.

"Sherlar" safida Hojiakbar Alijonov 65-daqiqada qizil kartochka oldi. Mezbonlardan Sherzod Azmiddinov 90+8-daqiqada maydondan chetlatildi.

"Paxtakor" 36 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Andijon" esa 21 ochko bilan 11-pog‘onada.

Superliga. 20-tur
“Andijon” – “Paxtakor” 2:6
Gollar: Bashar Resan, 4 (0:1), Bashar Resan, 31 (0:2), Erjan Tokotaev, 42 avtogol (0:3), Ismoil Akinade, 70 (1:3), Abdurahmon Abdullayev, 84 (2:3), Dostonbek Hamdamov 89 (2:4), Brayan Riaskos, 90+2 (2:5), Hojimat Erkinov, 90+5 (2:6)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting