locale OZ

Superliga. O‘zbek «El-Klasiko»sida «Paxtakor» «Neftchi»dan ustun keldi

Jamoalar ochkolar bo‘yicha tenglashib olishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. O‘zbek «El-Klasiko»sida «Paxtakor» «Neftchi»dan ustun keldi
Фото: Пахтакор ПФК

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Paxtakor” o‘rtasidagi markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida kechgan o‘zbek “El-Klasiko”sida “Paxtakor” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol 22-daqiqada Doston Hamdamov tomonidan kiritildi. Ushbu vaziyatda burchakdan yetkazilgan uzatmadan so‘ng jarima maydoni ichida sarosima yuzaga keldi. Vaziyatdan unumli foydalangan Hamdamov “Paxtakor”ning g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” ochkolari sonini 15 taga yetkazib, peshqadam “Neftchi”ga yetib oldi.

Superliga, 6-tur
Neftchi – Paxtakor 0:1
Gol: Hamdamov 22.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting