Superliga. OKMK «Lokomotiv» ustidan irodali gʻalabaga erishib, 6-o'ringa ko'tarildi
Oʻzbekiston Superligasi 10-tur doirasida OKMK futbol klubi oʻz maydonida «Lokomotiv»ni qabul qildi. Oʻyin 2:1 hisobida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi оlmaliqlik futbolchilarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda dastlab «Lokomotiv» futbolchilari hisobni ochdi. Sardor Mirzayev gol muallifiga aylandi. Keyinchalik Avaz Mamasoliyev muvozanatni tikladi. Oʻyin oxirlarida Nodirbek Abdurazzoqov konchilarning gʻalaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa OKMK ochkolari sonini 15 taga yetkazib, turnir jadvalida oʻrinda bormoqda. «Lokomotiv» esa 14 ochko bilan turniy jadvalida 7-o’rinni egallab turibdi.
Superliga. 10-tur
OKMK — Lokomotiv 2:1
27 aprel. Olmaliq. "OKMK SM" stadioni
Gollar: Avaz O'lmasaliyev (72), Nodir Abdurazzoqov (90) — Sardor Mirzayev (52).