locale OZ

Superliga. «Neftchi» o‘z maydonida «Nasaf»ni mag‘lub etdi

Fargonada peshqadamlik pog‘onasiga chiqildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Neftchi» o‘z maydonida «Nasaf»ni mag‘lub etdi
Фото: Нефтчи ПФК

Superliganing 8-turida Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida "Neftchi" va "Nasaf" o‘rtasidagi markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Shiddatli va kurashlarga boy bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab 17-daqiqada mezbonlar hisobni ochdi. Keyinchalik Bobur Abduxoliqov esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi — 1:1.

63-daqiqada Jamshid Iskanderov penaltini aniq ijro etib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi — 2:1.

Shu tariqa, "Neftchi" o‘z maydonida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va ochkolarini 21 taga yetkazib, jadvalda peshqadamlikka chiqdi. "Nasaf" esa 12 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.

O‘zbekiston Superligasi, 8-tur
"Neftchi" — "Nasaf" 2:1 (1:1)
Gollar: Yovan Jokich 17 (1:0), Bobur Abduxoliqov, 45+4 (1:1), Jamshid Iskanderov 63, pen. (2:1)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting