locale OZ

Superliga. «Navbahor» - «Surxon». Prevyu

Uchrashuv 12 sentabr kuni Namanganda bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Navbahor» - «Surxon». Prevyu
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" o‘z maydonida Termizning "Surxon" jamoasini qabul qiladi.

Mazkur klublar shu kunga qadar milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 37-marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 25 tasida "lochinnlar" ustun kelgan (bitta o‘yinda "Navbahor"ga texnik g‘alaba yozilgan), 7 tasida termizliklar zafar quchgan, 5 ta bahsda esa jamoalar durang natija qayd etishgan. To‘plar nisbati – 87-27, "Navbahor" foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda "Navbahor" 80 ochko, "Surxon" esa 26 ochko jamg‘argan.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik – 9:0 hisobi 1997-yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 37 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishgan.

"Navbahor" hamda "Surxon" klublari bungacha Namanganda 18-marta kuch sinashishgan (2019-yildagi bahs ma’lum sabablarga ko‘ra, Farg‘onada o‘tkazilgan va ushbu o‘yin ham "Navbahor" nominal mezbon bo‘lganligi sababli hisobga olindi).

1992-yili termizliklar Namanganga tashrif buyurmagani sababli, "Navbahor"ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 15 ta bahsda "lochinnlar" g‘alaba qozonishgan (Farg‘onadagi o‘yinda ham), faqat bitta bellashuvda, o‘tgan yilgi mavsumda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan.

Fakt: "Surxon" hali Namanganda g‘alaba qozona olmagan.

"Lochinnlar" o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda "uchar tulporlar" darvozasini 57 marta ishg‘ol etishgan, termizliklar esa Namanganda "Navbahor" darvozasiga bor-yo‘g‘i 6 ta to‘p kiritishgan.

Barcha uchrashuvlar natijalari:
28.03.1992 "Surxon" – "Navbahor" – 1:1
29.10.1992 "Navbahor" – "Surxon" – +:-
13.04.1994 ASK – "Navbahor" – 2:3
13.11.1994 "Navbahor" - ASK – 2:1
11.06.1995 "Navbahor" - ASK – 4:0
19.08.1995 ASK – "Navbahor" – 2:5
26.06.1996 "Navbahor" - ASK – 4:1
29.08.1996 ASK – "Navbahor" – 1:4
13.04.1997 "Navbahor" – "Surxon" – 9:0
04.10.1997 "Surxon" – "Navbahor" – 1:0
18.04.1998 "Navbahor" – "Surxon" – 5:0
08.10.1998 "Surxon" – "Navbahor" – 3:1
06.06.1999 "Navbahor" – "Surxon" – 1:0
14.08.1999 "Surxon" – "Navbahor" – 1:0
19.04.2000 "Surxon" – "Navbahor" – 3:3
30.09.2000 " Navbahor" – "Surxon" – 5:0
23.06.2001 "Surxon" – "Navbahor" – 0:3
31.07.2001 "Navbahor" – "Surxon" – 7:1
28.04.2002 "Surxon" – "Navbahor" – 1:0
19.10.2002 "Navbahor" – "Surxon" – 1:0
14.05.2003 "Surxon" – "Navbahor" – 1:0
13.09.2003 "Navbahor" – "Surxon" – 2:1
15.03.2004 "Navbahor" – "Surxon" – 6:0
05.11.2004 "Surxon" – "Navbahor" – 0:4
21.04.2019 "Navbahor" – "Surxon" – 3:0
19.10.2019 "Surxon" – "Navbahor" – 0:0.
19.08.2020 "Surxon" – "Navbahor" – 1:1
20.11.2020 "Navbahor" – "Surxon" – 1:0
12.05.2021 "Navbahor" – "Surxon" – 2:0
03.10.2021 "Surxon" – "Navbahor" – 1:0.
10.03.2022 "Surxon" – "Navbahor" – 1:2
11.08.2022 "Navbahor" – "Surxon" – 2:0
14.05.2023 "Navbahor" – "Surxon" – 1:0
27.10.2023 "Surxon" – "Navbahor" – 1:2
31.03.2024 "Navbahor" – "Surxon" – 2:2
26.08.2024 "Surxon" – "Navbahor" – 0:1
21.04.2025 "Surxon" – "Navbahor" – 1:0

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" – "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12 sentabr kuni Namangandagi "Markaziy" stadionida soat 19:30 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting