Superliga. \"Navbahor\" o‘z maydonida OKMKni yirik hisobda mag‘lub etdi
Olmaliqliklar qatorasiga uchinchi o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi.
Photo: Navbakhor PFK
O‘zbekiston chempionati 13-turining markaziy o‘yinida Namanganda “Navbahor” klubi OKMKni qabul qildi.
Uchrashuv 3:0 hisobida “lochinar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. 6-daqiqada Zabihillo O‘rinboev hisobni ochdi. 35-daqiqada Gilherme Gedesh “Navbahor”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. So‘nggi gol 90+6-daqiqada Pedro hisobiga yozildi.
Olmaliq klubi ketma-ket uchinchi o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi, ikki mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, Sergey Lushan jamoasining ochkolari soni 23 taga yetdi. OKMK esa 24 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinda qoldi.
Superliga. 13-tur
“Navbahor” 3:0 OKMK
Gollar: Zabihillo O‘rinboev, 6 (1:0), Gilherme Gedesh, 35 (2:0), Pedro, 90+6 (3:0)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist