locale OZ

Superliga. «Navbahor» - «Bunyodkor». O‘zaro bellashuvlarda kim ustun?

O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 77 ochko, “Navbahor” esa 38 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Navbahor» - «Bunyodkor». O‘zaro bellashuvlarda kim ustun?
Фото: Бунёдкор ПФК

"Navbahor" O‘zbekiston Superligasi 17-tur doirasida o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qiladi.

O‘zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 41 marta kuch sinashgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 23 tasida “Bunyodkor” “lochinar”ni mag‘lubiyatga uchratgan. “Navbahor” esa 10 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Sakkizta uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekkan. To‘plar nisbati 75:44, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 77 ochko, “Navbahor” esa 38 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu klublarning o‘zaro bellashuvidagi eng yirik hisoblar 2009 va 2023 yillarda kuzatilgan. 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 6:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2023 yili “lochinar” poytaxtimizdan 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgan.

Mazkur jamoalar ishtirokidagi Namanganda bo‘lib o‘tgan 20 ta o‘yinning 8 tasida mezbonlar, yana 8 tasida esa mehmonlar zafar quchgan. To‘rtta uchrashuvda esa g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati – 30:24, “Bunyodkor” foydasiga.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting