Superliga. «Navbahor» 90+14-daqiqada penaltidan OKMKga gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Superliganing 23-turida OKMK o‘z maydonida «Navbahor» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Ahmadullo Muqumjonov 2-daqiqadayoq mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada Islom Mamatkazin hisobni tenglashtirdi. 68-daqiqada Nodir Abdurazzoqov OKMKni yana oldinga olib chiqdi.
Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalar keskin kechdi. 87-daqiqada OKMK futbolchisi Abubakr Rizo Turdialiyev qizil kartochka oldi. 90+5-daqiqada «Navbahor» vakili Vanya Ilich maydondan chetlatildi, 90+7-daqiqada esa jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze ham qizil kartochka oldi. 90+14-daqiqada Shohrux Abdurahmonov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
Ushbu natijadan so‘ng OKMK 36 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi. «Navbahor» esa 45 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turibdi.
Superliga. 23-tur
OKMK — Navbahor 2:2
Gollar: Muqumjonov 2, Abdurazzoqov 68 — Mamatkazin 40, Abdurahmonov 90+14 (penalti).