locale OZ

Superliga. «Nasaf» va «Navbahor» uchrashuvida durang qayd etildi

12-tur o‘yinlari 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng o‘tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Nasaf» va «Navbahor» uchrashuvida durang qayd etildi
Фото: Насаф ФК

O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv yakunlandi. “Nasaf” Zomin shahridagi “Zomin” stadionida “Navbahor” bilan o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi.

Ushbu natijadan so‘ng “Navbahor” 20 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog‘onasini egallab turibdi. Temur kapadze boshqaruvidagi jamoa o‘zaro uchrashuvdagi mag‘lubiyat sababli 20 ochkoga ega “Buxoro”dan (3-o‘rin) ortda bormoqda. “Nasaf” esa 14 ochko bilan 9-o‘ringa joylashgan.

Superligada uzoq muddatli tanaffus yuzaga keladi. Turnir 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng davom ettiriladi.

O‘zbekiston Superligasi, 11-tur

“Nasaf” — “Navbahor” 0:0

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting