locale OZ

Superliga. «Nasaf» o‘z maydonida \"Andijon\" bilan durang o‘ynadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Nasaf» o‘z maydonida "Andijon" bilan durang o‘ynadi
Photo: Nasaf PFk

O‘zbekiston chempionatida 17-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Qarshida “Nasaf” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi. Mazkur bahsda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Qarshiliklar safida yagona gol muallifi Oybek Bozorov bo‘ldi. Andijon klubining yagona goli esa Damir Temirov nomiga qayd etildi.

Bu natijadan so‘ng “ajdarlar” 37 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 1-pog‘onasini band etgan. Maksim Shatskix jamoasi esa 21 ochko bilan 8-o‘rindan joy olgan.

Superliga. 17-tur. 7 avgust
“Nasaf” 1:1 “Andijon”
Gollar: Bozorov 60 — Temirov 5.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting