Superliga. «Nasaf» Jizzaxda uch ochkoga ega bo‘ldi
Photo: SOGDIANA JIZZAKH
O‘zbekiston chempionati 16-turida "Nasaf" safarda "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘ynadi.
Qiziqarli kechgan bahsda "ajdarlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Husayn Norchaev dastlab hisobni ochdi. Otabek Ahadov birinchi bo‘lim oxirida avtogol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘limda Ruben Xebay sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng "ajdarlar" 36 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 1-pog‘onasini egalladi. "Bo‘rilar" esa 16 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 16-tur. 2 avgust
So‘g‘diyona — Nasaf 1:2
Gollar: Xebay 58 — Norchaev 6, Ahadov 27 (avtogol).
Bahrom Bobonov
Redaktor