locale OZ

Superliga. «Nasaf» 90+3-daqiqada penaltidan gol urib, «Qizilqum»ni mag'lub etdi

Ro'ziqul Berdiyev shogirdlari safarda muhim g'alabaga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Nasaf» 90+3-daqiqada penaltidan gol urib, «Qizilqum»ni mag'lub etdi
Фото: Насаф ПФК

Superliga 22-turining so'nggi bahsida "Qizilqum" Navoiyda "Nasaf"ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvda har ikkala jamoada ham qator vaziyatlar yuzaga kelganiga qaramay, hisob 90+3-daqiqada ochildi.

Dragan Cheran penaltini aniq amalga oshirib, "ajdarlar"ga g'alaba keltirdi.

Shu tariqa, "Nasaf" ochkolari sonini 49 taga yetkazib, peshqadamliligini mustahkamladi. "Qizilqum" esa 25 ochko bilan 8-pog'onada qoldi.

Superliga. 22-tur

"Qizilqum" 0:1 "Nasaf"

Gol: Dragan Cheran 90+3 pen.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting