locale OZ

Superliga mundialdan keyingi taqvimida o‘zgarishlar kutilmoqda

20 iyuldan boshlab Superliganing 12-tur bahslari start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga mundialdan keyingi taqvimida o‘zgarishlar kutilmoqda
Фото: Локомотив ПФК

O‘zbekiston Professional futbol ligasi JCh-2026 yakunidan keyingi taqvim yuzasidan ma’lumot berdi. Rejaga ko‘ra, jahon chempionati finali 19 iyul kuni o‘tkaziladi va yozgi tanaffus shu sana bilan yakunlanadi. 20 iyuldan boshlab Superliganing 12-tur bahslari start oladi.

OFK tomonidan klublar musobaqalari kvotalari qayta taqsimlanayotgani sababli Liga hozirgacha aniq sanalarni e’lon qilmagandi. Endilikda O‘zbekistonning uch klubi sentabr oyidan start oladigan Elit Chempionlar ligasi hamda Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichida ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalgi qur’aga ko‘ra, “Paxtakor” Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichida qatnashishi belgilangan edi. Biroq endi klub Elit Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etishi mumkin. Katta ehtimol bilan toshkentliklar saralash uchrashuvini BAAda o‘tkazadi. G‘alaba qozonilsa — asosiy bosqich, mag‘lubiyatga uchralsa — “Nasaf” bilan birga Chempionlar ligasi 2 guruhida ishtirok etadi.

Shuningdek, ilgari 11 avgust sanasiga belgilangan o‘yin taqvimi ham o‘zgaradi. Sababi, “Paxtakor” aynan shu kuni safarda xalqaro bahsda maydonga tushadi.

Shu bois Liga 20 iyuldan 30 avgustgacha bo‘lgan zich taqvimni optimallashtirish ustida ishlamoqda. Xususan, “Paxtakor”ning “Buxoro”ga qarshi 16-tur uchrashuvi avvalroq sanaga ko‘chirilishi mumkin.

Ayni paytda Liga iyul oyidan keyingi barcha bahslar taqvimini ishlab chiqmoqda. Tez orada rasmiy sayt orqali aniq sanalar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting