locale OZ

Superliga. «Lokomotiv» safarda «Dinamo»dan ustun keldi, Abduxoliqov dubl qayd etdi

Samarqanddagi bahsda 3 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Lokomotiv» safarda «Dinamo»dan ustun keldi, Abduxoliqov dubl qayd etdi
Фото: Локомотив ПФК

O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan “Dinamo” — “Lokomotiv” o‘yini o‘z yakuniga yetdi.

Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida kechgan bahsda “Lokomotiv” mehmon bo‘lib, “Dinamo” ustidan zafar quchdi, - 2:1. Temurxo‘ja Abduxoliqov dublga erishdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv” 11 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinda qoldi. “Dinamo” esa 7 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.

“Dinamo” 18 aprel kuni 8-tur doirasida “Paxtakor” maydoniga safar qilsa, “Lokomotiv” 17 aprel kuni “Navbahor”ni qabul qiladi.

O‘zbekiston Superligasi, 8-tur

“Dinamo” — “Lokomotiv” 1:2

Gollar: 0:1 — Abduxoliqov (34), 0:2 — Abduxoliqov (41), 1:2 — Amonov (61).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting