Superliga. «Lokomotiv» mehmonda «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi
Bellashuvda jami 5 ta gol urildi.
Фото: Локомотив ПФК
O‘zbekiston chempionati 23-turida “Lokomotiv” Zominda “So‘g‘diyona”ga qarshi bellashib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
29-daqiqada Behruz Asqarov mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Temurxo‘ja Abdulxoliqov hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida, 48-daqiqada Sardor Mirzayev «Lokomotiv»ni oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Lyupcho Doriyev hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq 81-daqiqada Shodiyor Shodiboyev mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Lokomotiv» 38 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. «So‘g‘diyona» esa 28 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.
Superliga. 23-tur
So‘g‘diyona — Lokomotiv 2:3
Gollar: Asqarov 29, Doriyev 68 — Abdulxoliqov 34, Mirzayev 48, Shodiboyev 81.