locale OZ

Superliga jamoalari stadionlarida VAR tizimini joriy etish ishlari boshlandi

Bugungi kunga qadar "Xorazm" va "Surxon" klublari uy stadionlarida VAR tizimi to‘liq o‘rnatib bo‘lingan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Superliga jamoalari stadionlarida VAR tizimini joriy etish ishlari boshlandi
Фото: ЎФА

Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Ayni paytda "Neftchi" klubining uy stadioni — "Istiqlol" majmuasida VAR texnikalarini joylashtirish va sozlash jarayoni ketmoqda.

Rejaga asosan, keyingi bosqichlarda "Andijon", "Buxoro" hamda "So‘g‘diyona" klublari stadionlari bosqichma-bosqich ushbu tizim bilan jihozlanadi.

Bugungi kunga qadar "Xorazm" va "Surxon" klublari uy stadionlarida VAR tizimi to‘liq o‘rnatib bo‘lingan.

O'zbekiston futbol hakamlar markazi mutaxassislari tomonidan ushbu texnik qurilmalarni o‘rnatish, montaj qilish va ishchi holatga keltirish jarayonlari bevosita amalga oshirilmoqda.

Ushbu sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash va o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting