Superliga. Ikki kishi ko’p bo’lib o’ynagan “Surxon” mavsumdagi ilk g’alabasini qo’lga kiritdi
4 aprel kuni superliganing 4 turi doirasida Qo’qonning “Qo’qon 1912” jamoasi safarda Termizning “Surxon” jamoasi mehmoni bo’ldi.
Uchrashuvning 37 daqiqasida “Surxon” futbolchisi Muhammadali Abdurahmonov bahsdagi hisobni ochdi. Birinchi bo’limda ushbu hisob saqlanib qoldi. O’yinning 52 daqiqasida “Qo’qon 1912” futbolchisi Husniddin G’ofurov hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Bir kishi kam o’ynashiga qaramasdan katta ishtiyoq bilan harakat qilgan vodiyliklar 74 daqiqaga kelib hisobdagi farqni tenglashtirdi. Murosasiz qarama-qarshilikning 80 daqiqasiga kelib bu safar qo’qonliklar o’yinchisi Muhammadanas Hasanov qizil kartochka olib, jamoasining qolgan vaqt davomida ikki kishi kam bo’lib harakatlanishiga majbur qildi.
Maydondagi ustunlikdan unumli foydalangan “Surxon” futbolchilari Diyor Ramazonov hamda Asadbek Karimovlar uchrashuvdagi to’xtalishlarga qo’shib berilgan uchinchi va yettinchi daqiqalarda raqib darvozasiga top kiritib termizliklarning 3:1 hisobidagi g’alabasini taminladi.
Shunday qilib, “Qo’qon 1912” “Surxon” maydonidan mag’lubiyat bilan ortga qaytadigan bo’ldi, termizliklar esa mavsumdagi ilk g’alabasini muhlislar ko’z o’ngida nishonladi