locale OZ

Superliga hakamlari yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda

Yig‘in dasturiga muvofiq, hakamlar jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida belgilangan test sinovlarini topshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga hakamlari yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda
photo: UzFHM

Superliga hakamlari yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.

Yig‘in dasturiga muvofiq, hakamlar jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida belgilangan test sinovlarini topshirdi. Shuningdek, psixolog ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilib, uchrashuvlar davomida ruhiy barqarorlikni saqlash, bosim ostida to‘g‘ri qaror qabul qilish va stressni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, hakamlar nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘yin qoidalari, turli o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish, VAR tizimidan samarali foydalanish, hakamlar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish hamda hakamlik amaliyotiga oid muhim masalalar yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting