locale OZ

Superliga hakamlari uchun bo‘lib o‘tgan ikki kunlik seminar yakunlandi

Mashg‘ulotlar davomida asosiy e’tibor hakamlarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Superliga hakamlari uchun bo‘lib o‘tgan ikki kunlik seminar yakunlandi
photo: UzFHM

O‘zbekiston Superligasi hakamlari ishtirokidagi ikki kunlik o‘quv-seminari bugun o‘z nihoyasiga yetdi. Mashg‘ulotlar davomida asosiy e’tibor hakamlarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratildi. Xususan, maxsus auditoriya mashg‘ulotlarida o‘tgan bahslardagi turli vaziyatlar video-tahlil qilinib, o‘yin qoidalaridagi so‘nggi o‘zgarishlar atroflicha muhokama qilindi.

Seminarning amaliy qismida hakamlarning jismoniy holatiga alohida urg‘u berildi. Zamonaviy futbol talablaridan kelib chiqib, hakamlarning maydondagi chidamliligi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyati maxsus testlar orqali sinovdan o‘tkazildi. Yakunda barcha hakamlar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha belgilangan normativlarni muvaffaqiyatli topshirib, chempionatning navbatdagi uchrashuvlariga shay ekanliklarini namoyish etishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting